Elektron tijorat operatorlari jumlasiga quyidagilar kiradi: telekommunikatsiya tarmoqlari operatorlari va provayderlari; elektron savdo maydonchalari operatorlari; toʻlovga oid xizmatlarni yetkazib beruvchilar; elektron tijorat subyektlarining elektron hujjatlarini va elektron xabarlarini saqlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxslar. Elektron tijorat operatorlari jumlasiga qonunchilikka muvofiq boshqa yuridik shaxslar ham kiritilishi mumkin.