Shartnoma akseptni amalga oshirish yoʻli bilan: elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash nazarda tutiladigan elektron hujjat tarzida; elektron tijorat ishtirokchisining roziligi bildirilgan elektron xabar tarzida; ofertada koʻrsatilgan shartlarni bajarishga doir harakatlarni bajarish orqali tuzilishi mumkin. Shartnoma ofertani yuborgan elektron tijorat ishtirokchisi tomonidan ofertaning aksepti olingan paytdan eʼtiboran tuzilgan deb eʼtirof etiladi. Shartnomani bajarish bilan bogʻliq hujjatlar elektron hujjat tarzida yoki qogʻozda rasmiylashtirilishi mumkin.