Elektron tijorat sohasida toʻlovlar quyidagi usullar bilan amalga oshiriladi: naqd pul mablagʻlari bilan — naqd pul mablagʻlari toʻlov vositasi tarzida virtual terminallar (“E-POS”) orqali qabul qilinganligini tasdiqlaydigan hujjatlarni hamda sotuvchi va sotilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) toʻgʻrisidagi axborotni oʻzida aks ettiradigan hujjatlarni xaridorga taqdim etish orqali; pul mablagʻlarini bank hisobvaragʻidan oʻtkazish orqali — pul mablagʻlarini bank hisobvaragʻidan (shu jumladan bank kartalarining hisobvaragʻidan) oʻtkazish vositasida, shu jumladan shaxsiy kabinet (masofadan xizmat koʻrsatish tizimi) orqali yoki toʻlov tashkilotining tizimi orqali oʻtkazish vositasida; elektron pullardan foydalangan holda — elektron pullar tizimida ochilgan elektron hamyondagi pul mablagʻlarini oʻtkazish vositasida.