Shartnoma bekor qilinganda sotuvchi xaridorga tovarni qaytarib berish amalga oshiriladigan joy toʻgʻrisida xabar berishi kerak. Tovarni namuna va (yoki) uning tavsifi boʻyicha realizatsiya qilish chogʻida sotuvchi namunaga va (yoki) tavsifga muvofiq boʻlgan tovarni taqdim etishi, shuningdek xaridorga tovarni qabul qilib olishi chogʻida uning butligini, yaroqliligini va isteʼmol xususiyatlari toʻliq saqlanganligini tekshirish imkoniyatini berishi shart. Tovar namunaga va (yoki) tavsifga muvofiq boʻlmagan hollarda, xaridor uni almashtirishni yoki pul summasini qaytarishni talab qilish huquqiga ega. Xaridorning aybisiz yetkazilgan shikastlantirishlar, shuningdek tovarni koʻzdan kechirish va uni tekshirib koʻrish maqsadida oʻrovini ochish sababli tovar qiymatining pasayishi xaridorni shartnomani bekor qilish huquqidan mahrum etmaydi. Agar tovardan foydalanilmagan, u shikastlanmagan, oʻrovi bilan qaytarilgan boʻlsa, uning isteʼmol xususiyatlari saqlangan va mazkur tovar shu sotuvchidan sotib olganligini tasdiqlovchi asoslar mavjud boʻlsa, xaridorning tovarni almashtirib berish yoxud qaytarib olish haqidagi talabi qanoatlantirilishi lozim. Xaridor tovarning ishlab chiqarilishiga, tuzilishiga, tarkibiga doir nuqsonlarni yoki boshqa nuqsonlarni aniqlagan taqdirda, sotuvchi uni ayni shunday markali (modelli, artikulli) tovarga yetti kunlik muddatda, tovar sifatini sotuvchi tomonidan qoʻshimcha ravishda tekshirish zarur boʻlganda esa xaridor talab qoʻygan paytdan eʼtiboran yigirma kun ichida almashtirib berishi shart. Ayni shunday markali (modelli, artikulli) tovar mavjud boʻlmagan taqdirda, xaridorning almashtirib berish toʻgʻrisidagi talabi eʼtiroz bildirilgan paytdan eʼtiboran bir oy ichida qanoatlantirilishi lozim. Agar ayni shunday markali (modelli, artikulli) tovar mavjud boʻlmasa, shartnoma bekor qilinib, koʻrilgan zararning oʻrni sotuvchi tomonidan xaridorga eʼtiroz bildirilgan paytdan eʼtiboran bir oy ichida qoplanishi lozim. Xaridorning roziligiga koʻra, sotuvchi nu