Elektron tijoratning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: elektron tijorat sohasida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish erkinligi; elektron tijoratda shartnomalar tuzishning ixtiyoriyligi; elektron tijoratda ishtirok etish shart-sharoitlarining tengligi; elektron tijorat subyektlarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish; tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) tegishli darajadagi sifatini taʼminlash; elektron tijoratda jarayonlarning ochiqligi va shaffofligi; elektron tijoratda axborot xavfsizligini taʼminlash.