Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisidagi qonunchilikning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: fuqarolarning sogʻliqni saqlashga doir huquqlari davlat tomonidan kafolatlanishini taʼminlash; fuqarolarning sogʻlom turmush tarzini shakllantirish; davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining fuqarolar sogʻligʻini saqlash sohasidagi faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solish.