Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida 21-modda. Pensiya yoshidagi fuqarolarning huquqlari

Pensiya bilan taʼminlanish huquqini beradigan yoshga yetgan fuqarolarga davlat sogʻliqni saqlash tizimi muassasalarida tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatiladi. Tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish oʻz ichiga statsionar-ambulatoriya yoʻli bilan davolashni, sanatoriy va dam olish uylarida sogʻlomlashtirishni, yolgʻiz keksalarga ularning oʻz uyida hamda internat-uylarda xizmat koʻrsatishni qamrab oladi. Pensiya yoshidagi fuqarolar tibbiy xulosa asosida qonunchilikka muvofiq ijtimoiy sugʻurta mablagʻlari, sogʻliqni saqlash organlarining mablagʻlari hamda korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mablagʻlari hisobidan kuch-quvvatni tiklash huquqiga ega.