Favqulodda vaziyat tufayli jabr koʻrgan fuqarolar bepul tibbiy yordam olish va sogʻliqni tiklash tarzida davolanish, favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish hamda hayoti va sogʻliqlariga tahdid solayotgan xavfni kamaytirishga qaratilgan gigiyena chora-tadbirlari va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar oʻtkazish huquqiga ega. Favqulodda vaziyat sharoitida odamlarni qutqarish va tibbiy yordam koʻrsatish chogʻida jabr koʻrgan fuqarolarga bepul davolanish, shu jumladan sanatoriy va kurortlarda davolanish, kuch-quvvatni tiklashning barcha turlaridan foydalanish, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda moddiy kompensatsiya olish kafolatlanadi.