Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida 28-modda. Fuqarolarning roziligisiz tibbiy yordam koʻrsatish, profilaktik emlash

Atrofdagilar uchun xavfli kasallikka chalingan shaxslarga fuqarolar yoki ular qonuniy vakillarining roziligisiz tibbiy yordam koʻrsatilishiga (tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, kasalxonaga yotqizish, kuzatish va yakkalab qoʻyishga) qonunchilikda belgilangan asoslarda va tartibda yoʻl qoʻyiladi. Karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi tahdidi mavjud boʻlgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining qarori asosida qonunchilikda belgilangan tartibda aholini profilaktik emlashdan oʻtkazish joriy etilishi mumkin.

III. FUQAROLARGA TIBBIY-IJTIMOIY YORDAM KOʻRSATISH