Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida 14-modda. Yoshga doir pensiyalarni muddatidan oldin tayinlash

Texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi oʻzgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining oʻzgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan va ishsiz deb eʼtirof etilgan shaxslar: erkaklar — 58 yoshga toʻlganda va ish staji kamida 25 yil boʻlgan taqdirda; ayollar — 53 yoshga toʻlganda va ish staji kamida 20 yil boʻlgan taqdirda pensiya olish huquqiga ega boʻladilar.