Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida 17-modda. Pensiya olish huquqini beradigan ish staji

Mehnatda mayiblanganda yoki kasb kasalligiga uchraganda beriladigan nogironlik pensiyalari ish stajidan qatʼi nazar, tayinlanadi. Umumiy kasallik tufayli beriladigan nogironlik pensiyalari nogironlik boshlangan paytga qadar quyidagicha ish stajiga ega boʻlgan taqdirda tayinlanadi: Yosh‎ Ish staji‎ 23 yoshga qadar 2‎ 23 yoshdan 26 yoshga qadar‎ 3‎ 26 yoshdan 31 yoshga qadar‎ 5‎ 31 yoshdan 36 yoshga qadar‎ 7‎ 36 yoshdan 41 yoshga qadar‎ 9‎ 41 yoshdan 46 yoshga qadar‎ 11‎ 46 yoshdan 51 yoshga qadar‎ 14‎ 51 yoshdan 56 yoshga qadar‎ 17‎ 56 yosh va undan oshganda‎ 20‎ 20 yoshga toʻlgunga qadar umumiy kasallik tufayli ish davrida yoki ishlash toʻxtatilganidan keyin nogironligi boʻlgan shaxs deb topilgan fuqarolarga pensiyalar ish stajidan qatʼi nazar tayinlanadi. Mehnatda mayiblanganda yoki kasb kasalligiga uchraganda beriladigan nogironlik pensiyasidan umumiy kasallik tufayli beriladigan nogironlik pensiyasiga oʻtkazilganda zarur staj nogironlik dastlab belgilangan vaqtdagi yoshga qarab aniqlanadi.