Ushbu Qonunning 19-moddasida koʻrsatib oʻtilgan oila aʼzolari, agar ular marhumning toʻliq boquvida boʻlgan yoki undan yordam olib turgan boʻlsalar, bu yordam ular uchun doimiy va asosiy kun kechirish mablagʻining manbai hisoblangan boʻlsa, marhumning qaramogʻida turgan deb hisoblanadilar. Marhumning biron turdagi pensiya olayotgan oila aʼzolari, agar marhumning yordami ular uchun doimiy va asosiy kun kechirish mablagʻining manbai hisoblangan boʻlsa — boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasiga oʻtish huquqiga egadirlar.