Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida 24-modda. Boquvchining oila aʼzolariga pensiyadan ulush ajratib berish

Oilaning pensiya olish huquqiga ega boʻlgan barcha aʼzolariga bitta umumiy pensiya tayinlanadi. Oila aʼzosining talabi bilan uning pensiyadagi ulushi ajratilib, alohida toʻlanadi. Pensiyadan ulush ajratib berish pensiyani boʻlish toʻgʻrisida ariza tushgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab amalga oshiriladi.