Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida 29-modda. Ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi pensiyani hisoblab chiqarish

Ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi pensiyalar ( 8 , 18 va 22-moddalar ) bor stajga mutanosib miqdorda tayinlanadi. Ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi pensiyalar: yoshga doir pensiyalar uchun — yoshga doir eng kam pensiyaning 50 foizidan; I guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga nogironlik pensiyalari uchun — yoshga doir eng kam pensiyaning 100 foizidan; II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga nogironlik pensiyalari uchun — yoshga doir eng kam pensiyaning 75 foizidan; oilaning mehnatga layoqatsiz har bir aʼzosiga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi uchun — yoshga doir eng kam pensiyaning 50 foizidan; ham otasi, ham onasidan judo boʻlgan (chin yetim) har bir bolaga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi uchun — yoshga doir eng kam pensiyaning 100 foizidan kam boʻlmasligi lozim. Ish staji toʻliq boʻlmaganda pensiyaning miqdori rasman belgilangan eng kam isteʼmol xarajatlaridan oz boʻlishi mumkin emas.