Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida 41-modda. Imtiyozli shartlarda pensiya tayinlashda ish stajini oʻzaro hisobga olish xususiyatlari

Imtiyozli shartlarda pensiya tayinlashda, basharti, hisobga oʻtadigan ishlar ayni shunday yoki nisbatan imtiyozliroq shartlarda pensiya olish huquqini bergan taqdirda, 1, 2 va 3-sonli roʻyxatlarda nazarda tutilgan ish davrlari oʻzaro hisobga olinadi.