Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida 43-modda. Pensiya tayinlashni soʻrab murojaat etish tartibi

Fuqaro yoki uning qonuniy vakili pensiya tayinlashni soʻrab oʻz tanloviga koʻra quyidagi usullardan birini qoʻllagan holda murojaat qilish huquqiga ega: doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimiga ariza bilan; yashash joyidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi davlat xizmatlari markazida soʻrovnoma toʻldirgan holda; Oʻzbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali soʻrovnoma toʻldirgan holda. Manzil-koloniyalarda jazoni oʻtayotgan ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar pensiya tayinlashni soʻrab ariza bilan manzil-koloniya joylashgan yerdagi Pensiya jamgʻarmasining bevosita tuman (shahar) boʻlimiga yoki soʻrovnoma toʻldirgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etishi mumkin. Pensiya tayinlashni soʻrab murojaat etilganda shaxsning pensiyaga boʻlgan huquqi ushbu Qonunda belgilangan shartlarga va normalarga muvofiq axborot tizimlaridan olingan maʼlumotlarga asosan aniqlanadi. Pensiya jamgʻarmasining boʻlimlari pensiyalarni tayinlash masalalari yuzasidan tushuntirishlar va maʼlumotlar berishi, shuningdek arizachiga zarur hujjatlarni olishida koʻmaklashishi shart. Pensiya jamgʻarmasi boʻlimlari korxonalardan, tashkilotlardan va ayrim shaxslardan tegishli hujjatlarni talab qilib olish, zarur hollarda esa, ularning berilishi asosliligini tekshirish huquqiga ega. Korxonalar va tashkilotlar pensiya uchun (pensiya qayta hisob-kitob qilinishi uchun) hujjatlarni oʻz vaqtida taqdim etmaslik yoki ishonchsiz maʼlumotlari boʻlgan hujjatlarni taqdim etish oqibatida pensionerga yetkazilgan zarar uchun uning oldida qonunchilikda belgilanganidek javobgar boʻladi. Korxona, tashkilot yoki pensioner tomonidan ishonchsiz maʼlumotlar koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etilganligi oqibatida davlatga zarar yetkazilgan taqdirda, yetkazilgan zararning oʻrni Pensiya jamgʻarmasiga qoplanadi. Bunda korxona yoki tashkilot tomonidan