Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida 56-modda. Toʻliq davlat taʼminotida turgan bolalarga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi toʻlash

Chin yetim bolalarga toʻliq davlat taʼminotida turgan davrida pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 100 foizi miqdorida pensiya toʻlanadi. Ota-onasining biridan ajralgan va toʻliq davlat taʼminotida turgan bolalarga pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 50 foizi miqdorida pensiya toʻlanadi. Shu davrdagi toʻlanishi lozim boʻlgan pensiya puli bolaning nomiga tijorat bankida ochilgan depozit hisobvaragʻiga oʻtkazib qoʻyiladi.