Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida 58-modda. Pensiya toʻlanishiga taʼsir koʻrsatuvchi shart-sharoitlar oʻzgarganligi toʻgʻrisida pensionerning Pensiya jamgʻarmasi boʻlimini xabardor qilish majburiyati

Mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzolari uchun boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini olayotgan pensioner oilaning pensiya toʻlanayotgan aʼzolari tarkibidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida, ular oʻqishni toʻxtatganligi haqida, shuningdek toʻliq davlat taʼminotiga oʻtkazilganligi toʻgʻrisida Pensiya jamgʻarmasi boʻlimini xabardor qilishi shart.