Shaharcha, qishloq, ovul fuqarolar yigʻini hamda shahardagi mahalla fuqarolar yigʻini tegishli ravishda shaharcha, qishloq, ovul fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining hamda shahardagi mahalla fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlariga qonun hujjatlari bilan berilgan istalgan masalani oʻzi koʻrib chiqish uchun olish va hal etish huquqiga ega. Shaharcha, qishloq, ovul fuqarolar yigʻini va shahardagi mahalla fuqarolar yigʻini: fuqarolar yigʻini raisini (oqsoqolini) va uning maslahatchilarini, fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalarning raislarini va aʼzolarini saylaydi, yilning har choragida ularning hisobotlarini eshitadi; fuqarolar yigʻinining taftish komissiyasini hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda maʼmuriy komissiyani saylaydi, ular toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi; belgilangan tartibda raisning (oqsoqolning) maslahatchilari va fuqarolar yigʻini Kengashi devonining miqdor tarkibini belgilaydi, raisning (oqsoqolning) taqdimnomasiga koʻra fuqarolar yigʻinining masʼul kotibini tayinlaydi; kengash, taftish komissiyasi va maʼmuriy komissiya faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi, yilning har choragida ularning hisobotlarini eshitadi; fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining faoliyat dasturini va xarajatlar smetasini, hududni kompleks rivojlantirishni taʼminlash, aholi punktlarini obodonlashtirish va ularning sanitariya holatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlar rejalarini tasdiqlaydi; qonunlar va boshqa qonun hujjatlarining, shuningdek oʻz qarorlarining ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov oʻtkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining aʼzoligiga nomzodlarni tegishli okrug saylov komissiyalariga tavsiya etadi; xalq deputatlari tuman, shahar Kengashi deputatligiga nomzod koʻrsatish t