Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida 13-modda. Fuqarolar yigʻini raisining (oqsoqolining) vakolatlari

Fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli): fuqarolar yigʻinini chaqiradi; rais maslahatchilarining, masʼul kotibning, fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalar hamda maʼmuriy komissiya raislari va aʼzolarining nomzodlarini saylash uchun fuqarolar yigʻiniga taqdim etadi; qonunlar va boshqa qonun hujjatlarining, fuqarolar yigʻini va uning Kengashi qarorlarining ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga doir ishlarni tashkil etadi; davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida, sudda, yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatlarda fuqarolarning manfaatlarini ifodalaydi; fuqarolar yigʻini mablagʻlarini qonun hujjatlariga muvofiq tasarruf etadi; egasiz mol-mulkni, shuningdek meros tariqasida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga oʻtgan mol-mulkni saqlash chora-tadbirlarini koʻradi; fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi nomidan shartnomalar, shu jumladan mehnat shartnomalari tuzadi; kam taʼminlangan oilalarning, shuningdek tabiiy ofatlardan jabr koʻrgan fuqarolarning moddiy va uy-joy-maishiy sharoitlarini yaxshilash toʻgʻrisida tegishli organlarga takliflar kiritadi; oʻz hududi doirasida yashovchilarni hisobga olib borishni, shuningdek tegishli hududda jamoat tartibini taʼminlashda, shu jumladan fuqarolarning kelishi va ketishini hisobga olishni tashkil etishda, oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olish ishida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga koʻmaklashishga doir ishlarni tashkil etadi; voyaga yetmaganlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha jamoatchilik ishlarini tashkil etadi, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar haqidagi maʼlumotlarni vasiylik va homiylik organlariga taqdim etadi, shuningdek bunday bolalarni tegishli davlat muassasalariga joylashtirishga koʻmaklashadi; ichki ishlar organlarining profilaktika boʻyicha tegishli inspektori bilan birgalikda “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasining faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi; yarashtiruv komissiyasida r