Taftish komissiyasi fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish uchun tuziladi. Maʼmuriy komissiya maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi oʻz vakolatlari doirasidagi ishlarni koʻrib chiqish uchun tuziladi. Taftish komissiyasi va maʼmuriy komissiya oʻz faoliyatida mustaqildir va faqat fuqarolar yigʻiniga hisobdordir. Taftish komissiyasi va maʼmuriy komissiya oʻz faoliyatini fuqarolar yigʻini tasdiqlaydigan nizomlar asosida amalga oshiradi. Taftish komissiyasi va maʼmuriy komissiya toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.