Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida 16-modda. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining qarorlari majburiyligi

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari tegishli hududda yashovchi fuqarolar, shuningdek shaharcha, qishloq, ovul va mahalla hududida joylashgan yuridik shaxslar (ularning mansabdor shaxslari) tomonidan ijro etilishi shart. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining qarorlarini bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining qarorlari ularni qabul qilgan organlar va mansabdor shaxslar tomonidan bekor qilinishi yoki sud qaroriga koʻra haqiqiy emas deb topilishi mumkin.