Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida 19-modda. Fuqarolar yigʻini kengashining ish tartibi

Fuqarolar yigʻini kengashining majlisi fuqarolar yigʻinining raisi (oqsoqoli) tomonidan, zaruratga qarab, lekin oyida kamida bir marta oʻtkaziladi. Fuqarolar yigʻini kengashining majlisi, agar uning ishida Kengash aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashayotgan boʻlsa, vakolatli hisoblanadi. Qaror, agar uni fuqarolar yigʻini kengashining hozir boʻlgan aʼzolaridan yarmidan koʻprogʻi yoqlab ovoz bergan boʻlsa, qabul qilingan hisoblanadi. Fuqarolar yigʻini kengashining qarori ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi.