Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida 21-modda. Fuqarolar yigʻini raisining (oqsoqolining) vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish

Raisning (oqsoqolning) vakolatlari quyidagi hollarda muddatidan ilgari tugatiladi: u oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilganda; fuqarolar yigʻini qaror qabul qilganda; u belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilganda; unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda.