Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatining moliyaviy asosi oʻz mablagʻlaridan, xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari tomonidan belgilangan tartibda ajratiladigan budjet mablagʻlaridan, yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy xayr-ehsonlaridan, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa mablagʻlardan tashkil topadi. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining moliyaviy mablagʻlari bank muassasasidagi mustaqil hisobvaraqda saqlanadi hamda belgilangan tartibda ular tomonidan mustaqil foydalaniladi va bu mablagʻlarning olib qoʻyilishi mumkin emas. Fuqarolar yigʻinining kengashi moliyaviy mablagʻlardan foydalanilganligi toʻgʻrisida yilning har choragida fuqarolar yigʻini oldida hisob beradi.