Fuqarolar shaharchalar, qishloqlar, ovullar va mahallalarda oʻzini oʻzi boshqarishga doir oʻz konstitutsiyaviy huquqini fuqarolarning saylov huquqlari kafolatlariga muvofiq fuqarolar yigʻinlari (vakillar yigʻilishi) orqali amalga oshiradilar. Fuqarolar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar, bevosita hamda oʻzlarining saylab qoʻyiladigan vakillari orqali oʻzini oʻzi boshqarishni amalga oshirishda teng huquqlarga egadir. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarishga doir huquqlarini cheklash taqiqlanadi.