Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida 7-modda. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari

Shaharchalar, qishloqlar va ovullar, shuningdek shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardagi mahallalar fuqarolarining yigʻinlari (bundan buyon matnda fuqarolar yigʻini deb yuritiladi) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridir. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi va qonun bilan berilgan oʻz vakolatlarini tegishli hududda amalga oshiradi. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yuridik shaxs huquqlaridan foydalanadi, belgilangan namunadagi muhrga ega boʻladi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida hisobga olinishi kerak.