Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) 103-modda. Bir taraflama bitimlarni huquqiy tartibga solish

Bir taraflama bitim uni tuzgan shaxs uchun burchlar keltirib chiqaradi. U boshqa shaxslar uchun qonun hujjatlarida yoki bu shaxslar bilan kelishuvda belgilangan hollardagina burchlar keltirib chiqarishi mumkin. Bir taraflama bitimlarga nisbatan, basharti qonunchilikka, bitimning tabiati va mohiyatiga zid boʻlmasa, majburiyatlar va shartnomalar toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar (ushbu Kodeksning III boʻlimi) tegishincha qoʻllaniladi.