Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) 110-modda. Bitimlarni notarial tasdiqlash

Bitimni notarial tasdiqlash ushbu Kodeksning 107-moddasi talablariga mos keladigan hujjatda notarius yoki bunday notarial harakatni amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan boshqa mansabdor shaxs tomonidan tasdiqlovchi ustxat yozib qoʻyish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Quyidagi hollarda bitimlarni notarial tasdiqlash shart: 1) qonunda koʻrsatilgan hollarda; 2) taraflardan birining talabi boʻyicha.