Ishonchnoma oddiy yozma shaklda yoki notarial shaklda rasmiylashtiriladi. Notarial shaklni talab qiluvchi bitimlarni tuzish yoxud yuridik shaxslarga nisbatan harakatlarni amalga oshirish uchun berilgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak, ushbu Kodeksning 136 , 137 , 138-moddalarida nazarda tutilgan hollar va qonunchilik bilan ishonchnomaning oʻzgacha shakli belgilab qoʻyilgan boshqa hollar bundan mustasno.