Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) 142-modda. Ishonchnomaning bekor boʻlganligi haqida shaxslarga xabar berish

Ishonchnoma bergan shaxs uning bekor boʻlganligi haqida ishonchnoma olgan shaxsni, shuningdek ishonchnoma qaratilgan oʻziga maʼlum uchinchi shaxslarni ham xabardor qilishi shart. Ishonchnoma ushbu Kodeks 141-moddasi birinchi qismining 4-7-bandlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha bekor qilingan hollarda ishonchnoma bergan shaxsning huquqiy vorislari zimmasiga ham shunday vazifa yuklatiladi.