Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) 145-modda. Muddat belgilash

Qonunchilikda yoki bitimda belgilangan, shuningdek sud tomonidan tayinlanadigan muddat kalendar sana bilan yoxud yillar, oylar, haftalar, kunlar yoki soatlar bilan oʻlchanadigan vaqt davrining oʻtishi bilan belgilanadi. Muddat muqarrar yuz berishi kerak boʻlgan voqeani koʻrsatish bilan ham belgilanishi mumkin.