Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) 165-modda. Mulkdor boʻlmagan shaxslarning ashyoviy huquqlarining mazmuni

Mulk huquqi bilan bir qatorda xususan quyidagilar ashyoviy huquqlar hisoblanadi: operativ boshqarish huquqi; meros qilib qoldiriladigan yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqi; yer uchastkasiga doimiy egalik qilish va undan foydalanish huquqi; servitutlar. Mol-mulkka egalik qilish huquqining boshqa shaxsga oʻtishi, agar qonunchilikda oʻzga tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, bu mol-mulkka nisbatan oʻzga ashyoviy huquqlarning bekor boʻlishi uchun asos boʻlmaydi. Mulkdor boʻlmagan shaxsning ashyoviy huquqlarining buzilishi ushbu Kodeksning 232-moddasida nazarda tutilgan tartibda himoya qilinadi.