Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) 168-modda. Mulk huquqining subyektlari

Fuqarolar, yuridik shaxslar va davlat mulk huquqining subyektlaridir. Mol-mulk mulk huquqi asosida bir shaxsga yoki ikki va undan ortiq shaxslarga qarashli boʻlishi mumkin. Mol-mulk fuqaro, yuridik shaxs yoki davlatning mulki boʻlishiga qarab mulk huquqini, mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish hamda uni tasarruf etish huquqini vujudga keltirish va bekor qilish xususiyatlari qonunchilik bilan belgilab qoʻyiladi.