Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) 183-modda. Mulkni yaratish va koʻpaytirish

Mulk huquqi yangi mol-mulkni yaratish hamda mulkdor ixtiyoridagi mol-mulkni koʻpaytirish natijasida vujudga kelishi mumkin. Agar qonunchilikda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, mol-mulkdan xoʻjalik usulida va oʻzgacha usulda foydalanish natijalari, shu jumladan mahsulot, hosil va boshqa daromadlar mulkdorga tegishli boʻladi.