Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) 200-modda. Qarzni nizosiz tartibda undirib olish

Majburiyatlar boʻyicha qarzni, shu jumladan budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzni nizosiz tartibda undirib olishga qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda yoʻl qoʻyiladi. Mulkdor nizosiz tartibda undirib olish toʻgʻrisidagi qarorga rozi boʻlmagan taqdirda sudga murojaat qilishga haqli.