Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) 237-modda. Majburiyatni bajarishdan bir tomonlama bosh tortishga yoʻl qoʻyilmasligi

Majburiyatni bajarishdan bir tomonlama bosh tortish va shartnoma shartlarini bir tomonlama oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi, qonunchilikda yoki shartnomada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.