Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) 258-modda. Majburiyat bajarilganligini tasdiqlash haqidagi talabni bajarmaslik oqibatlari

Kreditor tilxat berishdan, qarz hujjatini qaytarishdan yoki qaytarib berish imkoni yoʻqligini tilxatda koʻrsatishdan bosh tortgan taqdirda, qarzdor ijroni toʻxtatib turishga haqli boʻladi. Bunday hollarda kreditor muddatni kechiktirgan hisoblanadi.