Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) 263-modda. Qonuniy neustoyka

Neustoyka toʻlash taraflarning kelishuvida nazarda tutilgan yoki tutilmaganligidan qatʼi nazar, kreditor qonunda belgilangan neustoyka (qonuniy neustoyka)ni toʻlashni talab qilishga haqli. Qonuniy neustoykaning miqdori, agar qonun taqiqlamasa, taraflarning kelishuvi bilan koʻpaytirilishi mumkin.

2-§. Garov