Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) 266-modda. Garovga qoʻyuvchi

Qarzdorning oʻzi ham, uchinchi shaxs ham garovga qoʻyuvchi boʻlishi mumkin. Ashyoning mulkdori ashyoni garovga qoʻyuvchi boʻlishi mumkin. Garovga qoʻyiladigan huquqning egasi boʻlgan shaxs huquqni garovga qoʻyuvchi boʻlishi mumkin. Basharti, qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, mulkdorning roziligisiz ashyoviy huquqni garovga qoʻyishga yoʻl qoʻyilmaydi.