Garovga oluvchi oʻz ixtiyorida boʻlgan yoki boʻlishi lozim boʻlgan garovga qoʻyilgan mol-mulkni boshqa shaxsning qonunsiz egallashidan, shu jumladan garovga qoʻyuvchining egallashidan talab qilib olishga haqli (ushbu Kodeksning 228 , 229 , 230 , 232 -moddalari). Shartnoma shartlariga koʻra garovga oluvchiga oʻziga topshirilgan garov narsasidan foydalanish huquqi berilgan hollarda u boshqa shaxslardan, shu jumladan garovga qoʻyuvchidan ham, oʻz huquqining har qanday buzilishini bartaraf etishni, garchi bu buzilishlar egalik qilishdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmasa ham (ushbu Kodeksning 231 , 232 -moddalari), talab qilishi mumkin.