Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) 318-modda. Kreditor huquqlarining qonun asosida boshqa shaxsga oʻtishi

Kreditorning majburiyat boʻyicha huquqlari boshqa shaxsga quyidagi hollarda oʻtadi: 1) kreditor huquqlaridagi universal huquqiy vorislik natijasida; 2) kreditor huquqlarini boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi sudning qaroriga muvofiq; 3) qarzdorning majburiyati ushbu majburiyat boʻyicha qarzdor boʻlmagan kafil yoki garovga qoʻyuvchi tomonidan bajarilishi oqibatida; 4) sugʻurta holati boshlanishi uchun javobgar boʻlgan qarzdorga nisbatan kreditor huquqlarining sugʻurta qiluvchiga subrogatsiyasi (oʻtishi) natijasida; 5) qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda.