Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) 325-modda. Neustoyka va zarar

Agar majburiyatni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun neustoyka belgilangan boʻlsa, zararning neustoyka bilan qoplanmagan qismi toʻlanadi. Qonunda yoki shartnomada zararni emas, balki faqat neustoykani undirib olishga yoʻl qoʻyiladigan; zarar ham neustoykadan tashqari toʻla hajmda undirib olinishi mumkin boʻlgan; kreditorning tanloviga koʻra yoki neustoyka yoxud zarar undirib olinishi mumkin boʻlgan hollar belgilanishi mumkin.