Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) 343-modda. Hisobga oʻtkazish bilan majburiyatning bekor boʻlishi

Muddati toʻlgan yoki muddati koʻrsatilmagan yoxud talab qilish payti bilan belgilangan muqobil oʻxshash talab hisobga oʻtkazilishi bilan majburiyat toʻliq yoki qisman bekor boʻladi. Hisobga oʻtkazish uchun bir tarafning arizasi kifoya qiladi.