Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) 349-modda. Bajarish mumkin boʻlmaganligi tufayli majburiyatning bekor boʻlishi

Agar taraflardan birontasi ham javob bermaydigan vaziyat tufayli majburiyatni bajarish mumkin boʻlmay qolsa, u bekor boʻladi. Basharti, qarzdor majburiyatni kreditorning aybli harakatlari tufayli bajarishi mumkin boʻlmasa, kreditor oʻzining majburiyat boʻyicha bajarganlarini qaytarib berishni talab qilishga haqli emas.