Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) 375-modda. Boshqa shartlar asosidagi aksept

Ofertada taklif qilinganidan boshqacha shartlar asosida shartnoma tuzishga rozilik bildirish haqidagi javob aksept hisoblanmaydi. Bunday javob akseptdan bosh tortish va ayni vaqtda yangi oferta hisoblanadi.