Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) 91-modda. Murakkab ashyolar

Agar turli xil ashyolar birikmaning mohiyati bilan belgilanadigan vazifasi boʻyicha foydalanish imkonini beradigan yaxlit bir butunni tashkil etsa, ular bitta ashyo (murakkab ashyo) hisoblanadi. Murakkab ashyo xususida tuzilgan bitim, agar shartnomada boshqacha tartib belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, uning barcha tarkibiy qismlariga taalluqli boʻladi.