Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 1011-modda. Zarar yetkazgan shaxsning merosxoʻrlari tomonidan zararning qoplanishi

Fuqaro tomonidan yetkazilgan zararni qoplash majburiyati uning vafotidan keyin merosni qabul qilib olgan merosxoʻrlariga oʻtadi. Merosxoʻrlar jabrlanuvchining oldida oʻzlariga meros boʻlib oʻtgan mol-mulkning haqiqiy qiymati doirasida javobgar boʻladilar. Vorissiz mol-mulk oʻziga oʻtgan davlat yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi ham ana shunday asoslarda javobgar boʻladi.