Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 1101-modda. Firma nomiga boʻlgan huquqni boshqa shaxsga berish

Yuridik shaxsning firma nomiga boʻlgan huquqni boshqa shaxsga berish va oʻtkazishga faqat yuridik shaxs qayta tashkil etilgan hamda umuman korxona boshqa shaxsga berilgan hollardagina yoʻl qoʻyiladi. Firma nomiga boʻlgan huquq egasi boshqa shaxsga oʻzining bu nomidan foydalanishga ruxsat etishi (litsenziya berishi) mumkin. Biroq bunda litsenziya shartnomasida isteʼmolchini chalgʻitib qoʻyishni istisno etuvchi choralar shart qilib qoʻyilishi lozim.

2-§. Tovar belgisi (xizmat koʻrsatish belgisi)