Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 1114-modda. Umumiy birgalikdagi mulk boʻlgan mol-mulkni meros qilib olish

Umumiy birgalikdagi mulk ishtirokchisining oʻlimi umumiy mol-mulkka boʻlgan huquqdagi uning ulushini aniqlash va ushbu Kodeksning 226-moddasida belgilangan tartibda umumiy mol-mulkni taqsimlash yoxud undan vafot etgan ishtirokchining ulushini ajratish uchun asos boʻladi. Bu holda meros vafot etgan ishtirokchining ulushiga toʻgʻri keladigan umumiy mol-mulkka nisbatan ochiladi, mol-mulkni natura holida taqsimlashning imkoni boʻlmaganida esa — bunday ulushning qiymatiga nisbatan ochiladi. Umumiy birgalikdagi mulk ishtirokchisi umumiy mol-mulkka boʻlgan huquqdagi oʻz ulushini vasiyat qilishga haqlidir, bu ulush uning vafotidan keyin ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq aniqlanadi.